19:48 / 03.06.2016
6880

Turkiya bosh vaziri: Hech kim Turkiya va Germaniya munosabatlari buzilib ketishidan umidvor bo‘lmasin

Bundestag tomonidan Usmoniylar imperiyasi davrida armanilar genotsidi yuz bergani tan olinishi Turkiya va Germaniya munosabatlari butunlay buzilishiga olib kelmaydi. Bu haqda bugun Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ma'lum qildi.

"Germaniya va Turkiya strategik hamkorlar hisoblanishadi. Hech kim bu qarordan keyin bizning munosabatlarimiz buzilib ketishidan umid qilmasin", deydi vazir.

Bosh vazir Turkiya albatta bu rezolyutsiyaga javob qaytarishini ham qo‘shimcha qilgan.

Bundestag deputatlari 2 iyun kuni 1915 yilda Usmonlilar imperiyasida armanilarning deportatsiya qilinishini genotsid deb tan olish yuzasidan rezolyutsiya qabul qildi.

«1915–1916 yillarda Usmoniylar saltanatida armanilar va boshqa xristian ozchiliklarning genotsidi xotirasiga» deb atalgan hujjat qabul qilinishidan keyin Turkiya Germaniyadan elchisini chaqirib oldi.

O‘z navbatida Angela Merkel Germaniya Turkiya bilan barcha tomonlama munosabatlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Top