16:55 / 03.06.2016
5858

Uitni Xyustonning shaxsiy buyumlari kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Amerikalik xonanda Uitni Xyustonning oqshom liboslari va boshqa shaxsiy buyumlari sotuvga qo‘yildi, deya xabar beradi ET Online nashri. 

Qo‘shiqchi  Xyuston Marc Bauer brendidan bo‘lgan nikoh libosida 1992 yilda Bobbi Braunga turmushga chiqqan.  

Shuningdek, kimoshdi savdosiga qo‘yilgan buyumlar qo‘shiqchiga topshirilgan mukofotlar, zargarlik buyumlari, kiyimlar, fuqarolik pasporti va plastik kartochkalarni tashkil etmoqda.  

Hususan, Xyuston 1988 yilda  «I Wanna Dance With Somebody» qo‘shig‘i uchun loyiq topilgan American Music Award mukofoti, “Gremmi” mukofoti uchun berilgan nominatsiyalar sertifikatlari, 1993 yilda «I Will Always Love You» qo‘shig‘i uchun taqdirlangan Billboard Award mukofotlari ham sotuvga qo‘yilgan.  

Kim oshdi savdosi 24-25 iyun kunlari Heritage Auctions auksion uyida bo‘lib o‘tib, undan ko‘zlangan mablag‘ o‘rtacha 500 ming dollarni tashkil etadi.  
Eslatib o‘tamiz, Xyuston 2012  yilning fevral oyida, 48 yoshida vafot etgan edi.

Top