23:35 / 03.06.2016
5323

O‘rta Yer dengizidagi AQSh qiruvchi samolyotlari IShID pozitsiyalariga zarba berdi

AQSh qiruvchi samolyotlari O‘rta Yer dengizidagi aviatsiya tashuvchi kemadan havoga ko‘tarilib, IShID pozitsiyalariga zarbalar berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, bu operatsiya 2003 yildan beri AQSh harbiylarining birinchi bunday operatsiyasi bo‘ldi.

AQSh HDK rahbariyati Iroq va Suriyadagi jangarilar pozitsiyalari yo‘q qilingan-yo‘qligi va aynan qanday nishonlar yo‘q qilingani haqida hech narsa aytamagan.  

AQSh harbiy-dengiz floti rahbariyati bu qadam AQSh harbiylarining bir hududdan ikkinchi hududga o‘tishda ham uzluksiz vazifalarni o‘tkazishga qodirligini namoyish qilganini ta'kidlab o‘tdi.

Top