00:39 / 04.06.2016
7864

Germaniya mudofaa vazirligi Merkelga vertolyotlardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi

Germaniya mudofaa vazirligi mamlakat kansleri Angela Merkelga Yevropada Airbus Cougar AS532 vertolyotining fuqarolik versiyasiga taqiqlov kiritilgandan keyin uchta bunday vertolyotdan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda mudofaa vazirligi vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

29 aprelda Shimoliy dengizdagi Statoil neft platformasidan yo‘lovchilarni tashiyotgan Airbus H225 Super Puma vertolyoti falokatga uchragan. Falokat oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan.   

Bunga javoban Yevropa aviatsiya xavfsizligi uyushmasi vertolyot konstruksiyasida nosozlik borligini aniqlab, Airbus H225 LP va AS332 L2 Super Puma vertolyotlaridan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.

Ta'kidlanishicha, nemis politsiyasi boshqa modeldagi Airbus vertolyotlaridan foydalanishda davom etmoqda.

Top