09:28 / 04.06.2016
4878

Ibrahimovich yaqin kunlarda "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaydi

"PSJ" klubining shvetsiyalik futbolchisi Zlatan Ibrahimovich Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi bilan yaqin kunlarda shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda Sky Sport nashri.

Ta'kidlanishicha, shartnoma bir yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 13 iyunda imzolanadi. Shu kuni Shvetsiya terma jamoasi o‘zining Yevropa chempionatidagi birinchi o‘yinini o‘tkazadi. 

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shvetsiyalik hujumchi bilan muzokaralar "MYu"ga Joze Mourinyu bosh murabbiy etib tayinlanganidan keyin boshlangan.

Portugaliyalik mutaxassis "MYu"ga 27 may kuni bosh murabbiy etib tayinlandi. U bilan shartnoma uch yilga, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan imzolangan. 

Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati Fransiyaning 10 ta shahrida 10 iyundan 10 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Shvetsiya musobaqada Belgiya, Italiya, Irlandiya terma jamoalari bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

Top