11:49 / 04.06.2016
4977

Kosovo terma jamoasi FIFA va UYeFA qabul qilinganidan so‘ng g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha Kosovo milliy terma jamoasi, UYeFA va FIFA tarkibiga qabul qilinganidan so‘ng o‘tkazgan ilk o‘yinini g‘alaba bilan yakunladi. U, Germaniyaning Frankfurt shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Farer orollaridan 2:0 hisobida ustun keldi.

Gollarni, Albert Bunyaku (44-daqiqa) va Bernard Berisha (90) kiritgan. 37-daqiqada Kosovo termasining hujumchisi Bersant Tselina maydondan chiqarib yuborilgan. 81-daqiqada esa, Farer orollari termasi a'zosi Bogi Petersenga ham qizil kartochka ko‘rsatilgan.

Kosovo respublikasi qisman tan olingan mustaqil davlat bo‘lib, BMT a'zosi hisoblanmaydi. Uning mustaqilligini ko‘plab davlatlar, xususan Rossiya, Xitoy, Hindiston va Braziliya kabi davlatlar tan olmagan.

Top