09:37 / 04.06.2016
14420

OAV: Klintonning Trampdan tavofuti ancha oshdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod demokratchi Xillari Klintonning respublikachi nomzod  Donald Trampdan farqi ancha oshdi. Bundan so‘rovnoma ma'lumotlari darak bermoqda.

So‘rovnomaga ko‘ra, AQShning sobiq Davlat kotibini hozirda 46 foiz saylovchilar, Nyu-yorklik milliarder Trampni esa 35 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlashga tayyorlar. So‘ralganlardan 19 foizi na Klintonga, na Trampga ovoz berishga tayyor emasliklarini bildirganlar.

AQSh prezidenti saylovlari 8 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Iyulda demokratlar va respublikachilar milliy konventlar o‘tkazishadi, ularning yakunlariga ko‘ra partiyalardan prezident lavozimiga nomzodlar tanlanadi.

Top