08:54 / 04.06.2016
3986

Oregonda poyezdning izlardan chiqishi oqibatida neft ortilgan sisterna yonib ketdi

AQShning Oregon shtatidagi Moser shahri yaqinida temir yo‘l izlaridan kamida 8 ta neft ortilgan sisterna chiqib ketdi, deb xabar bermoqda KATU2 telekanali. 

Union Pacific poyezdi bilan sodir bo‘lgan noxush voqea yo‘llarning berkitilishi va qo‘shni shahardan o‘quvchilarning evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘ldi. Voqea Kolumbiya daryosi yaqinida yuz bergan. 

Poyezdning izlardan chiqishi sababi aniqlanmoqda, voqea joyiga shoshilinch xizmatlar yuborilgan.

Top