08:04 / 04.06.2016
3413

Texasdagi toshqinlar qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

AQShning Texas shtatida jalali yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar qurbonlari soni kamida 16 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Halok bo‘lganlar orasida 9 askar bor, ular armiya yuk mashinasining Fort-Xud bazasi yaqinida suvga tushib ketishi oqibatida cho‘kib ketganlar. Voqea yuk mashinasi suv sathi ko‘tarilgan soyni kechib o‘tayotganda sodir bo‘lgan.

Toshqinlar tufayli hukumat Brazos daryosi yaqinidagi suv ostida qolgan hududda joylashgan bir nechta axloq-tuzatish obektlaridan 4 mingdan ko‘proq mahbusni evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Ob-havo sababli Dallas va Xyustondagi aeroportlarda 160 dan ko‘proq reys bekor qilindi.

Shtat gubernatori Greg Ebbott Xyustondan janubdagi suv ostida qolgan hududlarga tashrif buyurib, favqulodda yordam ko‘rsatish haqida ko‘rsatma berganini ma'lum qilgan.

Top