16:46 / 04.06.2016
6106

Jazoirda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi natijasida 33 kishi halok bo‘ldi

Jazoir shimolida avtobus va yuk mashinasining to‘qnashuvi natijasida kamida 33 kishi halok bo‘ldi, yana 22 nafar kishi turli tan jarohatlari oldi. Bu haqida Sinxua agentligi ma'lum qildi. 

Halokat 4 iyun kuni ertalab Laguat provinsiyasida sodir bo‘ldi. Oran provinsiyasidan Uargla provinsiyasi yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. 

Avariya sodir bo‘lgan joyga favqulodda holatlar xizmati xodimlari tashrif buyuurishgan. Huquqni mudofaa qilish organlari sodir bo‘lgan falokat sabablarini o‘rganishga kirishishdi. Yo‘l transport hodisasida kim aybdor ekanligi haqidagi ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Top