18:01 / 05.06.2016
5247

Noqonuniy baliq ovlashga qarshi birinchi xalqaro bitim kuchga kirdi

Noqonuniy baliq ovlashga qarshi birinchi majburiy xalqaro bitim yakshanba kuni kuchga kirdi, deb xabar beradi BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha tashkiloti (FAO). 

Noqonuniy, xabar qilinmagan va tartibga solinmagan baliqchilik bilan shug‘ullanish oldini olish, to‘xtatish hamda ogohlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi shartnoma 2009 yilda uzoq yillar davom etgan diplomatik sa'y-harakatlardan so‘ng FAO tomonidan qabul qilingan. Biroq uning kuchga kirishi uchun eng kamida 25ta mamlakat bu bitimni imzolashi kerak edi. Bu natija o‘tgan oyda amalga oshdi. 

FAO press-relizida qayd etilishicha, hujjatga quyidagi davlatlar imzo qo‘yishgan: Avstraliya, Barbados, Vanuatu, Gabon, Gayana, Gvineya, Dominika, YeI (a'zo tashkilot sifatida), Islandiya, Kosta-Rika, Kuba, Mavrikiy, Mozambik, Myanma, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Ummon, Palau, Koreya Respublikasi, Seyshel orollari, Sent-Kits va Nevis, AQSh, Somali, Sudan, Tailand, Tonga, Urugvay, Chili, Shri-Lanka va Janubiy Afrika Respublikasi.

Mamlakatda noqonuniy baliqchilikka qarshi kurashish maqsadida bitim imzolagan har bir mamlakat o‘zining nazorati ostida bo‘lgan portlarda qator chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak bo‘ladi. Bunday chora-tadbirlardan biri portga kirishni istagan chet ellik baliq ovlovchilar o‘z faoliyati hamda baliq haqidagi  ma'lumotlarni taqdim etishini talab qilishdir. Tekshiruvlar o‘tkazish uchun maxsus jihozlangan portlardagina kemalarning kirishiga ruxsat berish mumkin bo‘ladi.

Top