14:53 / 05.06.2016
36465

Parkinson kasalligiga chalingan mashhurlar o‘ntaligi 

Umrining so‘nggi kunlarigacha Parkinson kasalligi bilan kurashib yashagan afsonaviy bokschi Muhammad Alining vafot etgan kunida, Layf nashri shu xastalikka chalingan boshqa mashhurlarni ham esladi

Eslatib o‘tamiz, Parkinson xastaligi (titroq, falaj) — markaziy asab tizimining surunkali kasalligi, ateroskleroz, ensefalit, jismoniy shikastlanish va boshqalarda bosh miyaning po‘st osti yadrolari zararlanishidan paydo bo‘ladigan klinik sindrom.

Maykl Jyey Foks


Mashhur “Kelajakka qaytish” filmi qahramoni 30 yoshga to‘lganida ushbu kasallik bilan og‘riganligini sezib qoldi. Shundan so‘ng alkogolga ruju qo‘ygan Maykl keyinchalik Parkinson kasalligi bilan kurashishga bel bog‘ladi. 350 mln dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. 

Salvador Dali

Buyuk rassom ushbu kasallikka chalinganligini 1981 yilda bilib qoldi. Baxtiqaro bemorning oxirgi ijodiy ishi «Xo‘rozlar jangi» bo‘lib qoldi. 

Bill Geyts

Shifokorlar  Parkinson kasalligini aniqlaganliklarini milliarder 2012 yilda ma'lum qildi.  O‘sha paytlarda Microsoft asoschisi bu kasallikka chalinganligiga 10 yil to‘lganligini angladi. Badavlat tadbirkor bolalari undan yuz o‘girishi mumkinligini o‘ylab kasalligi haqida sir tutgan. 

Rim Papasi Ioann Pavel II

Rim Papasi Ioann Pavel II  ham ayni shu kasallikdan shikoyat qilib, umrining oxirgi yillarida nutqi bilan bog‘liq muammolarna duch kelgan. 

Ozzi Osborn

Musiqachi Ozzi Osborn uzoq vaqt qo‘llarini silkitib turardi – bu esa uning uzoq muddat narkotik moddalarini qabul qilganligidan, deb hisobladi. Biroq  2005 yilda shifokorlar unga dahshatli tashxis – parkinson kasalligiga duchor bo‘lganini aytishdi. 

Yosir Arofat

Falastin rahbari Yosir Arofatning ushbu kasallikka chalingani rasman ma'lum qilinmagan edi.  
Ammo umrining oxirigi yillarida uning qo‘llari titrab, talaffuzidagi ro‘y bergan o‘zgarishlar Parkinsonga chalinganligi alomatlari edi. 

Fransisko Franko

Diktator Fransisko Frankoning Parkinson kasalligiga chalinishi Ispaniya tarixiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi va 1973 yilda bosh vazir iste'foga chiqadi. 

Robin Uilyams

Mashhur aktyorning parkinson kasalligiga chalinganligi to‘g‘risida uning o‘limidan so‘ng rafiqasi ma'lum qilgan. Rafiqasi Robinning 2014 yildan buyon davolovchi dori iste'mol qilib kelganligini bildirgan.  

Mixail Ulyanov

90-yilar o‘rtalarida Mixail Aleksandrovichning Parkinson kasalligining yengil toifasiga chalinganligi aniqlangan. Keyinchalik bu kasallik yillar davomida kuchaya borgan.  Oilasi aktyor umrining oxiriga qadar uning kasalligi bilan kurashdi. Ammo 2007 yilning 26 mart kuni kasallik uni o‘limga yetakladi. 

Mao Tszedun

Xitoy davlat arbobi Mao Tszedunning hayotiga ushbu kasallik kuchayishi oqibatida uni siyosiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Arbob Parkinson kasalligi tufayli vafot etgan bo‘lsada, haligacha ushbu tashxis rasman taqsdiqlanmadi.

Top