10:16 / 05.06.2016
13749

Suriya armiyasi IShID poytaxtiga kirdi

Suriya armiyasi IShID poytaxti hisoblanadigan Raqqa shahriga kirgan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatmoqda.

Hukumat qo‘shinlari 3 iyun kuni shaharni egallash uchun keng ko‘lamli hujum boshlagandi.

Xabarda aytilishicha, bu suriyaliklarning keyingi vaqtlardagi eng yirik uch hujumidan biri bo‘ldi.

IShID esa Iroqda egallangan harbiy texnikalarini shahar mudofaasi uchun keltirgandi.

Ayni vaqtda Suriya armiyasi jangarilarga nisbatan katta ustunlik qilmoqda.

Top