23:03 / 05.06.2016
7546

Suriya tashqi ishlar vazirligi jangarilar Halabga hujum qilishi tufayli BMTga murojaat qildi

Suriya tashqi ishlar vazirligi jangarilar 3 iyundan Halabga hujum qilishni boshlagani sababli BMTga murojaat qildi va bir qator davlatlarni terrorchilarga xaspo‘shlik qilishda aybladi, deb xabar bermoqda SANA axborot agentligi. 

5 iyunda "Jibhad an-Nusra" va "Ahror ash-Shom" guruhlari jangarilari artilleriya qurolidan Halabning shimolidagi Shayx-Maqsud kurd tumanini o‘qqa tutishni davom ettirdi. Terrorchilik guruhlari zirhli texnikadan foydalanib hujumga o‘tgani ma'lum qilingan.

"Bu hujumlar terrorchilikning tizimli aktlarining navbatdagi epizodi bo‘ldi, buni rejalashtirish bilan turk rejimi, amalga oshirish bilan esa "o‘rtamiyona muxolifat" "Jibhad an-Nusra" va boshqa terrorchilar bilan muvofiqlikda shug‘ullanadi", deyilmoqda BMT bosh kotibi va Xavfsizlik kengashiga yuborilgan maktubda. 

Suriya tashqi ishlar vazirligining aytishicha, Ar-Riyod va Doha Jyenevadagi tinchlik muzokaralari va yarashuvga ochiqchasiga xalaqit berishga urinmoqda.

Suriyalik diplomatlarning aytishicha, BMTni "Jaysh al-Islom" va "Ahror ash-Shom" guruhlarini terrorchilik guruhlari ro‘yxatiga kiritishda qo‘llab-quvvatlamagan davlatlar terrorchilikka qarshi kurashda ikkilik standartlaridan foydalanmoqda. 

26 aprelda Rossiya BMT Xavfsizlik kengashi sanktsion ro‘yxatiga IShID va "Al-Qoida" terrorchilik guruhlari bilan aloqasi bo‘lgan "Jaysh al-Islom" va "Ahror ash-Shom" guruhlarini kiritish arizasini bergandi. Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va Ukraina bu taklifni qo‘llab-quvvatlamagan.

Top