13:53 / 06.06.2016
4354

Afg‘oniston harbiylari 1 kunda yuzdan ortiq jangarini yo‘q qilishdi

Afg‘oniston harbiylari keyingi 1 kun davomida o‘tkazilgan maxsus amaliyotlar orqali kamida 108 nafar jangarini yo‘q qilgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma'lumotiga asoslangan holda Hama agentligi xabar tarqatgan.

Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston harbiylari 20ta viloyat bo‘ylab o‘tkazgan reydlar natijasida o‘ldirilgan jangarilar orasida 2 nafar dala qo‘mondoni ham bor. Shuningdek, to‘qnashuvlarda 60 jangari jarohatlangan.

Mudofaa vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, hukumat qo‘shinlarining yo‘qotishlari soni 13 nafar bo‘lgan.

Afg‘onistonda keyingi oylarda vaziyat yomonlashmoqda. Mamlakatning shimoliy va g‘arbiy qismlarida "Tolibon" jangarilari faollashgan va yirik shaharlarga hujumlar uyushtira boshlagan. Shuningdek, IShID ta'siridagi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Top