18:31 / 06.06.2016
15319

Arnasoy – Aydar ajoyiboti (fotolavha)

O‘zbekistonda turizm sohasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan, ekoturizm ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunda Jizzax viloyatida 372 ta madaniy meros obektlari davlat muhofazasiga olingan. Ularning 42 tasi tarixiy obida ziyoratgoh, 267 tasi ekologik  manzil, 63 tasi monumental yodgorliklar sifatida asrab – avaylanadi. Bularning barchasini ekoturistik manzil sifatida qayta ko‘rib chiqish va ta'mirlash ishlarini olib borish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Viloyatda uchta alohida qo‘riqlanadigan hudud bor. Ular Zomin davlat qo‘riqxonasi, Nurota davlat qo‘riqxonasi va Zomin milliy bog‘idir. 

Ushbu maskanlarga ko‘plab turistlar tashrif buyurishmoqda. Shu o‘rinda sizga so‘zlab bermoqchi bo‘lgan maskanimizdagi sharoitlar hattoki dunyoning eng kuchli turistik joylardan ham kam emas.

Quyida e'tiboringizga Arnasoy – Aydar  ko‘llar majmuasida barpo etilgan kempinga uyushtirgan sayohatmizni havola etamiz. Zero, bu maskanda haqiqiy tabiatni his etasiz.

 

Jizzaxdan “Kun.uz” muxbiri A.Binokulov

Top