17:43 / 06.06.2016
4898

«Gazprom» Qirg‘iziston taraqqiyotiga 100 mlrd rubl sarmoya kiritmoqchi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, «Gazprom» davlat kompaniyasining Qirg‘iziston gaz transporti tizimiga sarmoya kiritish rejalari haqida ma'lum qildi, deb xabar qilgan «Interfaks» agentligi.

«Biz, bu masalani yetarlicha muhokama etdik va alaloqibat kelishib oldik – hozirda respublikaning tabiiy gaz ehtiyojini rivojlantirishga oid jiddiy rejalar mavjud. «Gazprom» shu maqsadda ishlamoqda, gaz transport, gaz taqsimlash sohasiga sarmoya kiritish rejalanmoqda», — degan Medvedev Bishkekka tashrifi chog‘ida. 

Medvedevning aniqlik kiritishicha, «Gazprom» Qirg‘iziston gaz transporti sohasiga 2030 yilgacha 100 mlrd rubl miqdorida sarmoya kiritishi mumkin. Uning uchdan biri yaqin ikki yilda soha loyihalariga yo‘naltiriladi. 

Uning fikricha,  «bu holat, respublikaning tabiiy gaz bilan ta'minlanganlik darajasini sezilarli ko‘taradi».

Top