22:19 / 06.06.2016
8058

Guruhning 50 yilligi sharafiga ABBA a'zolari qayta birlashdi

Skandinaviyalik taniqli ABBA guruhining 4 ishtirokchisi 5 iyun kuni jamoaning yarim asrlik yubileyiga bag‘ishlab birgalikda konsert berishdi. Bu haqida NME portali xabar beradi.

Agneta Feltskog, Born Ulveus, Benni Andersson va Anni-Frid Lingstad Stokgolmdagi mehmonxonada uyushtirilgan kechada yana qayta birga kuylashdi. Ma'lum qilinishicha, mashhur qo‘shiq mualliflari Ulveus va Andersson ilk bora ko‘rishishganda, birga ishlashga qaror qilishadi va ABBA guruhini tashkil etishadi. 
Shvetsiyaning Expressen nashri ma'lumotlariga ko‘ra, kecha davomida Agneta Feltskog va Anni-Frid Lingstad The Way Old Friends Do qo‘shig‘ini ijro etishdi. Qo‘shiq so‘ngida esa ularga Ulveus va Andersson qo‘shilishdi.

Anni-Frid Lingstad qayd etishicha, xonandalarning bir sahnada yana qo‘shiq kuylashi «chinakamiga ajoyib» bo‘lgan va «nostalgik tuyg‘ular»ni junbushga keltirgan. Benni Andersson esa bu hodisani «buyuk kecha» deya atadi.

Top