15:35 / 06.06.2016
3848

«Inter»ning aksiyalari nazorat paketi Xitoyning Suning Group xoldingiga sotildi

«Inter» jamoasi Xitoyning Suning Group xoldingi bilan hamkorlik qilishni boshlashi haqida rasman e'lon qildi.

Shu tariqa, osiyolik investorlar milanliklar jamoasining aksiyalari nazorat paketini qo‘lga kiritdi.

Sky Sport Italia jurnalisti Janluki Di Martsioning ma'lum qilishicha, jamoa aksiyalarining 68,55 foizi sotilgan.

Suning Commerce Group elektr anjomlari ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadi. Xitoy, Hongkong va Yaponiyada 1600dan oshiq do‘koni bor. Yillik tovar aylanmasi 50 mlrd dollarni tashkil qiladi. U mamlakatdagi eng yirik 3 xususiy kompaniyadan biri hisoblanadi.

«Inter»ning 30 foiz aksiyasi Massimo Morattiga tegishli. Erik Tohir esa o‘zining 70 foizlik aksiyasining 40 foizini sotgan. Erik Tohir klub prezidenti sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ma'lumot uchun, Suning Group Xitoy Superligasida ishtirok etuvchi «Tszyansu Sunin» klubiga egalik qiladi.

Top