17:24 / 06.06.2016
4636

Instagram yangiliklar lentasining shakllanish tamoyilini o‘zgartirdi

"Vizual" ijtimoiy tarmoq Instagram xronologik tartibda «klassik» uslubdagi yozuvlar chiqishini bekor qilib, yangiliklar lentasining shakllanish tamoyiliga o‘zgartirish kiritdi. 

Endilikda birinchi bo‘lib eng yangi (ya'ni so‘nggi bor qo‘yilgan) surat va videolar o‘rniga foydalanuvchilarda ko‘proq qiziqish uyg‘otgan (kompyuter algoritmi nuqtai nazaridan) postlar paydo bo‘ladi. 

Instagram so‘rov markazida qayd etilishicha, lentadagi postlarning namoyon bo‘lish tartibi xabarlarning o‘z vaqtida qo‘yilganligi va sizning post mualliflari bilan o‘zaro aloqalaringiz kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. So‘nggi oylarda bu funksiya foydalanuvchilarga o‘zlari istagan surat va videolarni ko‘proq tomosha qilishlariga yordam bermoqda.  

Xizmat ma'lumotiga ko‘ra, xronologiya bo‘yicha lenta shakllanishi tartibida foydalanuvchilar 70 foiz postni e'tibordan chetda qoldirib ketishadi. Algoritm tamoyili esa ancha samaraliroq bo‘lib chiqdi: "Biz bu usul bilan odamlar suratlarga tez-tez «layk» bosib, ko‘proq izohlar qoldirib, umuman olganda, instagramda yanada faolroq ishtirok etishadi, deb hisoblaymiz. Yangi tartib sevimli guruhimizning konsertidan so‘ng olingan videolarni o‘tkazib yuborishimizga yo‘l qo‘ymaydi, hattoki, u dunyoning boshqa yerida, o‘zga vaqt mintaqasida sodir bo‘lgan bo‘lsa ham. Qancha ko‘p miqdorda akkaunt o‘qishingiz ham muhim emas, siz doim sevimli do‘stingiz qoldirgan so‘nggi postlarni birinchi bo‘lib o‘qish imkoniga ega bo‘lasiz», — deyiladi instagramda.  
 

Top