18:51 / 06.06.2016
7320

Qozog‘iston din ishlari qo‘mitasi: Aqto‘be teraktlari xalq orasida vahima solishga qaratilgan

Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi qoshidagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga ko‘ra, qurol do‘konlari va Aqto‘be harbiy qismiga hujum qilganlar mamlakat aholisiga qo‘rqinch solmoqchi bo‘lgan

"Ushbu mudhish jinoyatlarni sodir etgan shaxslar, mamlakatning tinch aholisiga vahima urug‘ini sepish, tinchlik va barqarorlikni buzish hamda jamiyat orasida qo‘rquv va fitna solmoqchi bo‘lgan", - deyiladi qo‘mita bayonotida. 

Hujjatda qayd etilishicha, "dinni niqob qilib olgan terrorchilar, o‘zlarining asl basharalarini ko‘rsatishgan". "Garchi bular o‘zlarini "din himoyachilari" deyishsa-da, aslida Islom qadriyatlaridan uzoqdir". 

Shu bilan birga, qo‘mitaning ta'kidlashicha, mamlakat ichkarisida, zo‘ravonliklarni amalga oshirish uchun "diniy sabablar mavjud emas". Biroq "xalqaro terrorizm g‘oyasi ko‘p yillar davomida, qozoq fuqarolarini o‘z ta'sir doiralariga tortishga urinmoqda".

Top