18:42 / 06.06.2016
7882

Lavrov: Rossiya NATO mamlakatlariga hech qachon hujum qilmaydi

Rossiya NATOning birorta mamlakatiga hujum qilmaydi, bu mas'uliyatli siyosatchilarning barchasiga ayon, deya xabar qildi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. 

"NATOning kengayishi va NATO hamkorlik dasturining kengayishiga bizning munosabatimiz o‘zgarmagan. Bizning xavfsizlik doktrinamizda xavfsizlikning eng asosiy tahdidlaridan biri NATOning sharqqa qarab kengayishi aniq yozilgan...ta'kidlayman, biz NATOning o‘zini emas, bu harbiy alyansning amalda qanday ishlashiga xavf sifatida qaraymiz", - dedi Lavrov matbuot anjumanida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "NATO Ukrainadagi davlat to‘ntaruvini bahona qilganiga jiddiy siyosatchilarning hech qanday shubhasi yo‘q. Ishonchim komilki, hamma jiddiy va adolatli siyosatchilar Rossiyaning NATO mamlakatlaridan birortasiga hujum qilmasligini juda yaxshi biladi. Bizning umuman bunday rejalarimiz yo‘q. O‘ylashimcha, NATOda buni yaxshi bilishadi, biroq AQSh bu hududdi nazoratidan qochirmasligiga kafolat sifatida ko‘proq texnika va batalonni joylashtirish uchun fursatdan foydalanishmoqda", - dedi Lavrov.

Top