15:18 / 06.06.2016
4358

OAV: Londondan Kuala-Lumpurga parvoz vaqtida 30dan ortiq yo‘lovchi jabrlangan

Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyoti Britanya poytaxtidan Kuala-Lumpurga parvoz qilayotgan vaqtda kuchli turbulentlikka duch kelgan. Buning oqibatida, yo‘lovchilardan 34 kishi jabrlangan, deb yozmoqda Star gazetasi. 

Avvalroq, hodisada bir necha kishi jabrlangani to‘g‘risida xabar qilingan bo‘lsa-da, ularning soniga oydinlik kiritilmagandi. 

Voqea, Malaysia Airlines kompaniyasining bortida 378 kishi bo‘lgan samolyoti bilan yuz bergan. Aviatashuvchining ma'lumotlariga ko‘ra, havo kemasi Bengal bo‘g‘ozi ustida turbulentlik hududiga duch kelgan. Layner Kuala-Lumpur aeroportiga qo‘nishi bilan, jabrlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Top