09:53 / 06.06.2016
3171

OAV: “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi 100 millionlab sahifalarning shaxsiy ma'lumotlari oshkor etildi

Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi 100 millionlab sahifalarning shaxsiy ma'lumotlari, parollari o‘g‘irlanib, sotuvga qo‘yildi. Bu haqida Amerikaning onlayn portali Motherboard xabar bermoqda.

U bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Peace ismli xaker 2011-2013 yillarda ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari, parollari, telefon raqamlari va elektron pochtalariga kiberhujum qilgan.

Xaker qo‘lga kiritgan ma'lumotlarni internetdagi norasmiy sotuv maydoniga 1 bitkoin (570 dollar)ga sotuvga qo‘ygan. Uning aytishicha, bu ma'lumotlardan tashqari, uning qo‘lida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining yana 70 mln shaxsiy ma'lumoti bor, ammo u bu ma'lumotlarni hozircha sotuvga qo‘yish rejasi yo‘q.

Motherboard ma'lumotiga ko‘ra, LeakedSource nomli portal sotuvga qo‘yilgan ma'lumotlarni sotib olishga qiziqqan. Xaridorning xabar berishicha 100 ta sahifasidan 92 tasi amalda ishlatilinadigan sahifalar bo‘lib chiqqan.

Top