13:15 / 06.06.2016
17080

Hukumat Namangan viloyatining ba'zi tumanlari chegarasini o‘zgartirish haqida qaror qabul qildi

Vazirlar mahkamasi qarori (pdf) asosida Namangan shahri hamda Namangan, Uychi, To‘raqo‘rg‘on, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va Chortoq tumanlari chegararlarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ma'muriy va texnik masalalarni hal qilish bo‘yicha Respublika komissiyasini tuzildi.

Komissiya tumanlar o‘zgarishi bilan bog‘liq ma'muriy va texnik chora-tadbirlarini amalga oshiradi. 

«Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasiga davlat yer kadastriga, Davlat statistika qo‘mitasiga esa Namangan viloyati hokimiyati bilan hamkorlikda statistik ko‘rsatkichlarga o‘zgartirish kiritish vazifasi topshirilgan.

Top