21:11 / 06.06.2016
11824

 “Zveropolis” animatsion filmining kassa yig‘imi 1 milliard dollardan oshib ketdi

Disney animatsion studiyasi tomonidan suratga olingan “Hayvonlar shahri” (Zveropolis) filmining jahon kinobozoridagi kassa yig‘imi 1 milliard dollardan oshib ketdi va 2016 yildagi “Birinchi qasoskor: Qarshilik” (Pervyy mstitel: Protivostoyaniye) filmidan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, “Hayvonlar shahri” (Zveropolis) Disney studiyasining “Muzyurak” (Xolodnoye serdtse, 1.277 milliard), Illumination Entertainment studiyasining “Minionlar” (Miniony, 1.159 milliard) va Pixar studiyasining "O‘yinchoqlar hikoyasi 3" (Istoriya igrushek 3, 1.063 milliard ) animatsion filmlaridan keyin inflyatsiya qiymati hisobisiz tarixda 1 milliard dollardan oshgan to‘rtinchi eng kassabop multfilmga aylandi.

“Hayvonlar shahri” (Zveropolis) o‘n yetti hafta ichida mahalliy kinobozorda 337.2 million va xalqaro kinobozorida 662.8 million dollari miqdoridagi mablag‘ni yig‘a oldi.

Endilikda Disney animatsion studiyasi 26ta filmidan 11tasi milliardlar keltirgan elita klubi a'zosi bo‘lganligidan fahrlansa arziydi.

Top