09:18 / 07.06.2016
6356

Amerika Kubogi: D guruhida Argentina Chilini, Panama Boliviyani mag‘lub etdi

Amerika Kubogi-2016 turnirida guruh bosqichining 1-tur uchrashuvlari yakunlandi. 6 iyun kechasida avvaliga Panama Boliviya bilan uchrashdi va Blan Peresning dubli evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Boliviyaliklarning javob goliga Xuan Arse javob qaytardi.

Turning markaziy uchrashuvlaridan biri o‘tgan turnir finalchilari bo‘lmish Argentina va Chili o‘rtasida kechdi. Unda Argentina mutlaq ustunlik ko‘rsatdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Avvaliga 51 daqiqada Baneganing pasidan keyin Di Mariya hisobni ochdi. Keyin u uzatgan to‘pni Banega raqib darvozasi to‘riga joyladi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Fuensalida hisobni qisqartiruvchi golga mualliflik qildi.

Guruhdagi keyingi tur o‘yinlari 11 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va unda Panama Argentinaga qarshi bahs olib boradi, Chili esa Boliviya bilan o‘ynaydi. Uchinchi tur uchrashuvlari 15 iyunga belgilangan.

Panama – Boliviya 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 11 Peres, 1:1 – 54 Arse, 2:1 – 87 Peres.
Panama – Penedo, Baloy, Miller, Machado, Kammingz (Enrikes, 63), Kuper (Arroyo, 74), Godoy, Gomes, Kintero, Peres, Torres (Texada, 56).
Boliviya – Lampe, Senteno, Kabrera, Egino (Melean, 46), Bexarano, Asoge, Sausedo (Kampos, 46), Smedberg-Dalense, Bexarano, Arse, Duk (Ramalo, 87).
Ogohlantirishlar: Arse (17), Kammingz (53), Peres (60), Kuper (68), Baloy (77), Asoge (77), Machado (79).

Argentina – Chili 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 51 Di Mariya, 2:0 – 59 Banega, 2:1 – 90 Fuensalida.
Argentina – Romero, Otamendi, Roxo, Merkado, Funes Mori, Fernandes, Maskerano, Gaytan (Kranevitter, 87), Banega, Di Mariya (Lamela, 80), Iguain (Aguero, 74).
Chili –    Bravo, Bosejur, Xara, Mena (Orelyana, 54), Vidal, Medel, Vargas (Pinilya, 68), Arangis (Fuensalida, 82), Sanches, Dias, Isla.
Ogohlantirishlar: Vidal (19), Isla (44), Medel (65), Di Mariya (65), Roxo (69), Bosejur (86).

Top