15:23 / 07.06.2016
18433

Yangiyo‘l tumani hududida yuz bergan YTH natijasida Nexia avtomobili yonib ketdi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi magistral yo‘lda halokatli yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhida fotoxabar qoldirilgan

Keltirilgan suratlarda yo‘l yoqasida ag‘darilib ketgan Nexia avtomobilining yonayotganini ko‘rish mumkin. Metan gazida harakatlangan bu avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashgani va portlash ro‘y bergani, avtomobillardagilarning barchasi halok bo‘lgani aytilmoqda.

Yo‘l-transport hodisasi talofatlari haqida aniq ma'lumotlar keltirilmagan.

"Voditeli Tashkenta" guruhi a'zolari yo‘l-transport hodisasi avtomobilni katta tezlik bilan boshqarish oqibatida yuzaga kelganini taxmin qilmoqda.

Top