08:18 / 07.06.2016
4767

Bill Klintonning ukasi mast holatda mashina boshqargani uchun hibsga olindi

AQShning sobiq prezidenti Bill Klintonning kichik ukasi Rojyer Klinton mast holatda mashina haydagani uchun politsiya bo‘limiga tushdi. U Redondo-Bich shahridagi trassada qo‘lga olindi. Rojyer Klinton spirtli ichimlik iste'mol qilishga tezkor sinovdan o‘ta olmadi. U politsiya bo‘limida qo‘shimcha sinovlardan o‘tishdan qat'iyan bosh tortdi.

Sobiq prezidentning ukasi ozodlikka chiqarilishi uchun 15 ming dollar garov puli kiritildi. Biroq u sentabrda qilmishi uchun sud oldida javob berishiga to‘g‘ri keladi. Rojyer bunday vaziyatga birinchi marta tushmayotgani hisobga olinsa, unga nisbatan qat'iy choralar ko‘rilishi mumkin.

Rojyer Klinton kelinoyisi Xillari Klintonning prezidentlik kampaniyasining eng qizg‘in vaqtida OAV diqqat-eʼtiboriga tushdi. Xillari Klinton 2 kundan keyin navbatdagi praymerizda ishtirok etishi kerak va qayninisi ishtirokidagi bu voqea uning reytinglariga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, Rojyer Klinton avval sudlangan. U kokain saqlagani uchun bir yil qamoqda o‘tirishiga to‘g‘ri kelgan.

Top