20:45 / 07.06.2016
6113

IUTga TOEFL iBT testlarini o‘tkazishga ruxsat berildi

2016-yilning iyun oyida, Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) TOEFL iBTning internet talqinini ishlab chiqqan ETS tashkilotidan test o‘tkazishga ruxsat oldi hamda TOEFL iBT testlarining sertifikatlangan ma’muriy markaziga (CTAS – Certified Test Administration Site) aylandi.

TOEFL (Test of English as a Foreign Language) – bu ingliz tili bo‘yicha xalqaro imtihon. TOEFLning asosiy maqsadi – ingliz tilisi ona tili bo‘lmaganlarning tayyorgarlik darajasini baholashdir. Hozirgi paytda TOEFL dunyoning 130 mamlakatidagi 9 mingdan ortiq oliy o‘quv yurtlarida tan olinadi.

Qayd etib o‘tamiz, TOEFL yoki IELTS sertifikatini zarur ballar bilan taqdim etilishi (fakultetlarga qarab), Toshkent shahridagi Inha universitetiga, shuningdek, Toshkent shahridagi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallariga o‘qishga kirish uchun asosiy talablardan biri hisoblanadi.

IUTdagi TOEFL iBT bo‘yicha dastlabki imtihonlar 18-iyun va 25-iyun kunlari o‘tkaziladi. Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin - https://inha.uz/en/toefl/. IUTda TOEFL iBT imtihonini topshirish uchun, ETSning (https://www.ets.org/toefl/ibt/register/) rasmiy saytida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Top