18:16 / 07.06.2016
6685

Qozog‘iston hukumati Aqto‘be voqealaridan so‘ng qurol savdosini taqiqlamoqchi

Qozog‘iston hukumati, Aqto‘be shahrida sodir etilgan mudhish jinoyatlardan so‘ng, mamlakatda faoliyat yuritadigan qurol do‘konlarini yopishni taklif etmoqda, deb xabar qilgan «Interfaks».

«Hozirda, qurol do‘konlari bilan bog‘liq qonunlar to‘plamiga oid mavzular muhokama qilinmoqda. Ularni nafaqat bir shaharda, balki butun mamlakat bo‘ylab taqiqlash zarur», — deb bayonot bergan «Nur Otan» hukmron partiyasi rahbari o‘rinbosari Muxtar Qul-Muhammad.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyun kuni Qozog‘istonning Aqto‘be shahridagi ikkita qurol sotuvchi do‘kon va Milliy gvardiya harbiy qismiga jangarilar hujumiga oid 20dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. Hujum qilgan 13 nafar terrorchi o‘ldirilgan, qolganlari qidirilmoqda.

Top