07:22 / 07.06.2016
3860

Parijdagi yirik yong‘in 5 kishining umriga zomin bo‘ldi

Parij yaqinidagi Sen-Deni kommunasida yirik yong‘in yuz berdi. Deyarli bir uy butkul yonib ketdi. Noxush voqea oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jarohat oldi. Jarohatlanganlardan 3 nafari yong‘inni o‘chirish va qutqaruv operatsiyasida ishtirok etgan o‘t o‘chiruvchilar bo‘ldi.

Jiddiy kuyish jarohatlari olganlar va is gazidan zaharlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirishlari uchun 3 soat kerak bo‘ldi. Hozir yonib ketgan binoda tekshirish ishlari olib borilmoqda, jarohatlanganlar qidirilmoqda. Voqea sabablari ma'lum qilinmagan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari yong‘in yuzasidan tergov boshlashgan.

Top