19:28 / 07.06.2016
8824

Porsche kompaniyasi yangi «Panamera» siluetini namoyish etdi

Porsche avtokompaniyasi yangi avlod Panamera modelining tuzilishi haqida tasavvur uyg‘otadigan video-tizer va suratlar to‘plamini namoyish etdi. 

Uning old spoyleri va havoso‘rg‘ichlari 718 Boxster va 718 Cayman sportkarlari uslubiga xos. Uning orqa chiroqlari shakli esa 2012 yilgi Panamera Sport Turismo gibrid universali prototipini yodga soladi. 

Bundan avval, tarmoqda yangi «Panamera»ning intereriga oid suratlar paydo bo‘lgandi. 

Xetchbek multimedia tizimi ekrani, uzatmalar selektori, uning atrofidagi klavishalar hamda rul chambaragi bilan avvalgisidan farqlanadi. Aksariyat knopkalar o‘rnini sensorlar egallagan. 

Xetchbek «Folksvagen»ning MSB shassisi negizida ishlab chiqiladi. Ayni shassi sabab yangi model avvalgisidan 90 kg yengilroq bo‘ladi. Unga, olti va sakkiz silindrli benzinli hamda dizel motorlari o‘rnatiladi. 

Porsche Panamera oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Parij avtoko‘rgazmasida rasman namoyish etiladi.

Top