14:40 / 07.06.2016
2799

Verizon Yahoo’ni 3 mlrd dollarga sotib olishga tayyor

Amerikaning telekommunikatsion kompaniyasi Verizon Communications Inc. Yahoo internet-kompaniyasining asosiy biznesini 3 milliard dollarga sotib olish niyatida, deb xabar beradi The Wall Street Journal.

Ma'lum bo‘lishicha, bu mablag‘ kompaniyaning asosiy aktivlari bo‘yicha takliflar kengaytmasining ikkinchi raundi yakuni arafasida e'lon qilindi. Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, TPG investitsion kompaniyasi ham dedlayngacha o‘z taklifini berishni rejalashtirgan. 

Gazetaning xabar berishicha, ayni damda Verizon eng katta xarid sifatida Yahoo’ni sotib olishga e'tibor qaratgan. Biroq kompaniya arizalarning yana bir raundini o‘tkazadi va bunda rejalar mutlaqo o‘zgarishi ehtimoli bor.

Top