06:35 / 08.06.2016
6731

Aktrisa Meril Strip Donald Tramp qiyofasida paydo bo‘ldi

Mashhur amerikalik aktrisa, "Oskar" mukofoti sovrindori Meril Strip Nyu-Yorkdagi ommaviy teatrda dramaturg Uilyam Shekspir sharafiga har yili o‘tkaziladigan bayramda AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp qiyofasida paydo bo‘ldi.

Aktrisa yuziga Tramp terisi rangini eslatuvchi to‘q-zarg‘aldoq makiyaj surtilgan bo‘lgan. Strip qizil galstuk va ishbilarmonlarga xos kostyumda hamda soxta yasama qorin bilan paydo bo‘lgan.

Meril Strip ayollarga iltifot ko‘rsatish haqidagi "Brush Up Your Shakespeare" qo‘shig‘ini aktrisa Kristin Baranski bilan birga ijro etgan.

 

Top