18:00 / 08.06.2016
8644

Ikki yil deganda ilk bor Quyoshning dog‘lari yo‘qoldi

So‘nggi ikki yil ichida Quyoshning barcha dog‘lari yo‘qoldi. Olimlar bu holatni Quyosh o‘zining 11-yilida minimal faollik fazasiga kirganligi bilan izohlashmoqda.

Astranomlarning ta'kidlashicha, dog‘lar 3 iyun kuni butunlay g‘oyib bo‘lgan va haligacha qaytib ko‘rinmagan. Keyingi quyosh faolligi 2019-2020 yillarda sodir bo‘lishi kutilmoqda. «Bu yilgi faollik hali tugagani yo‘q. Shu bilan birga, u asta-sekin yo‘qola boradi», —SpaceWeather.com sayti muharriri Toni Filips.

2014 yilgi so‘nggi faollik davrida Quyoshda bir vaqtning o‘zida 116 ta dog‘ aniqlangan edi, deb xabar bermoqda Space.com.

Top