10:39 / 08.06.2016
21299

Qizlarini bolalar pornografiyasiga tushishga majburlagan ota umrbod ozodlikdan mahrum etildi

AQShning Tennessi shtati sudi 63 yoshli erkakni uch nafar qizini qullikka sotgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qildi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, ushbu jinoiy ishni ko‘rib chiqqan okrug sudyasi Ronni Gir bu hodisani “hayotida ko‘rgan eng mudhish jinoyat”, deya baholagan. Qizlarning onasi ham jinoiy sheriklikda ayblangan va 18 yil qamoq jazosi bilan jazolangan. Ular qizlarini bolalar pornografiyasida suratga tushishga majburlashgan.

AP bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Tennessi prokuraturasi ushbu ish yuzasidan 2011 yilning fevral oyidan shug‘ullanadi. Mahalliy politsiyaning xabar berishicha, qizlarning yoshi 12,14 va 16 bo‘lgan.

Top