21:15 / 08.06.2016
5774

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan savdo aylanmasi hajmini 70 foizga oshirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo-iqtisodiy aloqalarni, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yanada rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Toshkent shahrida 2016 yilning 8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifing vaqtida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utimbayev aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda “Turkiston-press” Milliy axborot agentligi.
 
Ye.Utembayevning ma'lum qilishicha, 2015 yilda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi 3 mlrd dollarni tashkil etgan. Ikki tomon savdo-iqtisodiy hamkorlik natijalari bu raqamni 5 mlrd dollarga yetkazadi.

Elchining aytishicha, u navbatdagi ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan ishlarni Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdan boshlaydi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning to‘rtta – Janubiy Qozog‘iston, Qizil O‘rda, Aqto‘be va Mangistausk viloyatlari O‘zbekiston hududlari bilan chegaradosh bo‘lib, bu hududlar savdo-iqtisodiy hamkorlikda keng rol o‘ynaydi.

Top