10:06 / 08.06.2016
6241

Pentagon: XXR qiruvchi samolyoti AQSh razvedkachi samolyoti yo‘lini to‘sib chiqdi

Xitoyliklarning qiruvchi samolyoti Sharqiy-Xitoy osmonida AQSh razvedkachi kemasini "xavfli harakat" sodir etish orqali to‘xtatgan. Bu haqda Pentagondagilarga asoslanib, Reyter agentligi xabar tarqatdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, bu hodisa AQSh Harbiy havo kuchlarining RC-135 va Xitoyning J-10 qiruvchi samolyoti ishtirokida ro‘y bergan.

Aniqlik kiritilishicha, amerikaliklar samolyoti ekipaji XXR samolyoti ularga katta tezlikda yaqinlashganini qayd etgan. Hodisaning to‘liq tafsilotlari ma'lum qilinmagan.

Vashington hozircha Pekinga bu vaziyat yuzasidan rasman murojaat etmadi.

May oyi o‘rtasida ham Pentagon Janubiy Xitoy dengizi osmonida xitoyliklarning 2ta harbiy samolyoti va amerikaliklar samolyoti ishtirokida shunga o‘xshash holat sodir bo‘lgani haqida ma'lumot bergandi.

Top