14:58 / 08.06.2016
3499

Turkiyaning Mardin viloyatidagi portlash tufayli 2 politsiyachi halok bo‘lib, 20dan ortiq kishi yaralandi

Turkiya janubi-sharqidagi Mardin viloyatining Midyat shahrida joylashgan politsiya mahkamasi oldida amalga oshirilgan terakt oqibatida kamida 2 politsiyachi halok bo‘lgan va 20dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda DHA agentligi xabar tarqatdi.

Portlash mahalliy vaqt bilan soat 11:15da ro‘y bergan. Portlash kuchi tufayli politsiya mahkamasi binosi jiddiy zararlangan. Portlashdan keyinoq politsiyachilar va terakt ijrochilari o‘rtasida otishma boshlangan. Voqea joyiga Mardin viloyati markazidan qo‘shimcha kuchlar yuborilgan.

Mahalliy nashrlar ma'lumotiga ko‘ra, Batman shahri tomondan kelgan avtomobil Midyatdagi xavfsizlik kuchlari boshqarmasi hududini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. Qo‘riqchilar mashinani o‘qqa tuta boshlashgach, portlash yuz bergan. Mashinaga yarim tonna portlovchi qurilma ortilgan bo‘lgan.

Bundan oldinroq, Mardin viloyatidagi Nusaybin shahrida Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilariga qarshi 2 oydan ortiq davom etgan aksilterror amaliyotlar yakunlangani haqida xabar berilgandi.

Top