19:17 / 09.06.2016
7064

Disney'ning  taniqli multiplikatori 101 yoshida vafot etdi

Disney studiyasining taniqli rassom-multiplikatori Uillis Payl 101 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi The Hollywood Reporter.

Rassom-multiplikatorning oilasi xabar berishicha, Payl 2 iyun kuni Nyu-York Brodveyidagi uyida olamdan o‘tgan. 

Payl Disney studiyasidagi faoliyatini 1937 yilning noyabrida xat tashuvchi sifatida boshlagan. Keyinchalik  «Pinokkio», «Bembi», «Fantaziya» kabi kartinalarning yaratilishida ishtirok etgan.

Bundan tashqari, Payl Woody Woodpecker animatsion qahramon asoschisi  – multiplikator Uolter Lants bilan hamkorlikda ishlagan. U shuningdek, turli televizion dasturlarda ham faoliyat olib borgan.

Top