00:40 / 09.06.2016
5647

Londonda politsiyachilar Isroil elchixonasi oldidagi shubhali avtomobilni portlatib yuborishdi

Londonning Janubiy Kensington tumanida politsiya Isroil elchixonasi qarshisida turgan shubhali avtomobilni portlatib yubordi, deb xabar bermoqda Daily Mail.

Ta'kidlanishicha, portlatishga Volkswagen Passat avtomobili ichida noma'lum paket turgani sabab bo‘lgan. 

Yaqin oradagi binolar va ko‘chalardan yuzlab odamlar evakuatsiya qilingan.

Aniqlanishicha, shubhali paketda mashina egasining shaxsiy buyumlari bo‘lgan.

Top