16:20 / 09.06.2016
4127

«MYu» Beylni «Real»dan 120 mln yevro evaziga sotib olmoqchi

«Manchester Yunayted» jamoasi «Real»ning uelslik hujumchisi Garet Beylni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha harakatlarni davom ettirmoqda.

Inglizlar klubi rahbariyati Beyl Angliya chempionatiga qaytishni istayotgani haqida ma'lumotga ega va bu transferning amalga oshishini osonlashtiradi.

Ushbu futbolchi uchun «Manchester Yunayted» 120 million yevro to‘lashga tayyorligi aytilgan.

Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, manchesterliklarning yangi bosh murabbiyi o‘zi tuzadigan jamoada Beylning ham bo‘lishini istamoqda.

Unga rahbariyat yozgi transferlar uchun 250 mln yevro ajratgan.

Qayd etish kerakki, «Manchester Yunayted» o‘tgan yilning yozida ham Beylni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan, lekin o‘shanda futbolchi «Real»da qolishni afzal ko‘rgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top