21:25 / 09.06.2016
27984

OAV: Rossiya 60 soat ichida NATO qo‘shinlarini yakson qilishi mumkin

Rossiya 60 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqt davomida NATO qo‘shinlarini yakson qilishi mumkin, deb yozmoqda The Weekly Standard.

Bu haqda AQSh mudofaa vazirining Rossiya, Ukraina va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Maykl Karpenter ma'lum qildi. 

Uning aytishicha, Rossiya qo‘shinlariga Estoniya va Latviya poytaxtlariga yetib olish uchun eng ko‘pi bilan 60 soat talab qilingan bo‘lardi. Bunday ma'lumotlar RAND ma'ruzasida keltirilgan.

Karpenter bunday vaziyatda Rossiyada vaqt va masofa borasida ustunlik bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

"Biz vaziyat ustida ishlamoqdamiz, biz Rossiya tomondan tajovuzni bartaraf etish uchun qo‘shin va texnika joylashtiramiz", deb aytdi Karpenter.

Avvalroq Estoniya Rossiyaga qarshi turish uchun NATOni yordamni kuchaytirishga chaqirgani ma'lum qilingandi.

Top