10:41 / 10.06.2016
4412

AQShlik ayol F-35 va F-22 dvigatellarini Xitoyga noqonuniy sotishda ayblanmoqda

AQShning Florida shtati sudi, mamlakat fuqarosini Amerika qiruvchi samolyotlari uchun dvigatellarni Xitoyga yashirincha sotishga uringanlikda aybladi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, ayol Xitoy fuqarosi bilan jinoiy til biriktirib, unga F-35, F-22 va F-16 dvigatellarini sotmoqchi bo‘lgan. Amerikalik ayol, shuningdek, Hellfire raketalarini tashiy oladigan uchuvchisiz samolyotlarni ham Xitoyga yetkazib berishni rejalashtirgan.

AQSh adliya vazirligiga ko‘ra, ayolga 20 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda. Ushbu ish bo‘yicha xulosa 19 avgustda qabul qilinadi.

Top