20:13 / 10.06.2016
16354

Xitoyda ikki boshli cho‘chqa tug‘ildi

Xitoyning Sichuan viloyatida fermer ikki boshli cho‘chqani boqmoqda. Bunday nuqson bilan tug‘iluvchi ko‘plab jonzotlardan farqli, cho‘chqa o‘zini yaxshi his qilmoqda, deb xabar bermoqda Metro nashri.

Xitoylikning aytishicha, unga cho‘chqa uchun 400 dollar taklif qilishgan, biroq u rad javobini bergan. Xitoylik cho‘chqa ko‘paytirish bilan shug‘ullanayotgan 3 yil ichida bunday g‘aroyib cho‘chqa birinchi marta tug‘ilgan.

Fermer cho‘chqani boshqa cho‘chqalardan alohida saqlamoqda. Cho‘chqa bolasida ikkita bosh, ikkita og‘iz bor, biroq ko‘zi uchta. Shunga qaramasdan, cho‘chqa sog‘lom va tiyrak ko‘rinadi.

Cho‘chqacha mahalliy aholi orasida mashhurlashib ketdi. Uni ko‘rgani qo‘shni qishloqlardan ham odamlar tashrif buyurmoqda.

Avvalroq Afrikada ikki boshli timsoh, Turkiyada esa ikki boshli delfin kuzatilgani ma'lum qilingandi.

Top