16:18 / 10.06.2016
4987

Hyundai kompaniyasi yangi avlod Elantra sedanini taqdim etdi

Hyundai kompaniyasi S2 segmntining kuchli uchligiga kirishga harakat qilmoqda. Shu bois u Golf-sinfiga mansub sedanlar ishlab chiqarishda davom etmoqda. Ana shunday avtomobillardan biri Elantra’dir.

Ushbu model o‘zidan oldingi Elantra’ga qaraganda 20 mm.ga uzun va eniga 25 mm.ga enlidir. Tashqi ko‘rinishi sezilarli ravishda o‘zgargan. Radiator panjaralari olti qirrali tusini olgan. Kuzov po‘lat qotishmasidan ishlangan. Uning miqdori 40 foizni tashkil etadi.

Uning baza majmuasida stabilizatsiyaning elektron tizimi va avtomobilni tog‘da harakatlanishi uchun zarur funksiyalar joy olgan. Yukxonani ochish uchun elektron yordamchining ko‘magidan foydalaniladi.

Qulfni ochish uchun tugmachani bosish shart emas. Shunchaki, unga 1,5 metr masofada yaqinlashsa kifoya. Ana shunda elektronik haydovchi shaxsini aniqlaydi va qulf avtomatik ravishda ochiladi.

Top