00:38 / 10.06.2016
12557

Iroqda IShID jangarilari Qur'on ichiga bomba joylayotgani ma'lum qilindi

Iroq tashqi ishlar vaziri Ibrohim al-Jafariy Al-Falluja shahridagi IShID terrorchilik guruhi hukumat qo‘shinlarining hujumini kutgan holda Qur'on kitoblari ichiga portlovchi qurilmalar qo‘yayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Ahlul Bayt News Agency ma'lum qildi

Jafariyning aytishicha, guruh qo‘llayotgan usullar islom ta'limotiga ziddir.

Uning aytishicha, Qur'oni Karimni bunday tahqirlash guruhga qarshi kurashayotgan Iroq qo‘shinining g‘azabini yanada qo‘zg‘atadi. 

Iroq qo‘shinlarining Al-Fallujaga hujumi 23 may kuni boshlangan. Shahar 2014 yil yanvaridan beri IShID qo‘lida qolmoqda.

Avvalroq Al-Fallujadagi operatsiya boshlangandan beri 29 ta aholi punkti ozod qilingani ma'lum qilingandi.

Top