14:35 / 10.06.2016
3550

Nokia Amerikaning Gainspeed kompaniyasini xarid qilish rejasini oshkor qildi

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi Amerikaning kabel tarmoqlari uchun yangi texnologik yechimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Gainspeed kompaniyasini xarid qilmoqchi, deb xabar qilgan Nokia matbuot xizmati.

"Gainspeed 2012 yilda tashkil etilgan xususiy kompaniyadir. U, Kaliforniya shtatida joylashgan bo‘lib, 70 kishi ishlaydi", - deb ma'lum qilgan Nokia. "Rejalashtirilayotgan bitim 2016 yil uchinchi choragida amalga oshiriladi". 

Uning qiymatiga oydinlik kiritilmagan. 

May oyi oxirlarida Nokia Fransiyaning sog‘lom turmush tarzi texnik yechimlari va elektronikasida dunyoning yetakchi Withings kompaniyasini 170 mln yevro evaziga xarid qilgan edi. 

Bundan tashqari, Finlandiya kompaniyasi yanvar oyida boshqa bir fransuz kompaniyasi Alcatel-Lucent bilan 15,6 mlrd yevro evaziga birlashgan edi.

Avvalroq, Nokia kompaniyasi bu kabi birlashuvlardan so‘ng, 5ta bo‘limdan iborat tashkilotga aylanishi haqida xabar qilgandi. Rejaga muvofiq, mobil, statsionar va optik tolali tarmoqlarni o‘rnatish, tahliliy va mahsulotlarni litsenziyalash bo‘limlari tashkil etiladi.

Top