15:07 / 10.06.2016
5036

OAV: Isroil Falastin yerlariga nisbatan vaqtincha qamal joriy qildi

Isroil mudofaa armiyasi 10 iyunga o‘tar kechasi Iordan daryosining g‘arbiy sohili va G‘azo sektoridagi Falastin yerlarini vaqtincha qamal qilgan. Bu amaliyot Tel-Avivdagi qo‘poruvchilikka javoban yahudiylar bayrami Shavuot tugaguncha amal qiladi, deb yozadi Hareetz nashri. 

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, "Falastin hududlarini qamal qilish tartibi yakshanba, 12 iyun yarim tungacha amal qiladi". Falastinliklar "Isroil tomoniga faqatgina insonparvarlik ehtiyoji va tibbiy yordam zarurati holatlarida o‘ta olishadi". 

Ammo musulmonlar Quddusdagi masjidga juma ibodatlarini amalga oshirish uchun qo‘yiladi. 

Shu hafta dam olish kunlari Isroilda Shavuot bayrami nishonlanadi. Rivoyatlarga ko‘ra, shu kuni Bani Isroilga Tavrot hadya qilingan hamda Quddusdagi Masjidul Aqsoga boshoqli ekinlarning ilk hosili olib kelingan. 

U yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lishi bilan bog‘liq diniy bayrami Pesaxadan 50 kun o‘tgach nishonlanadi.

Top